Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya shaxsan Putin rahbarligida ballistik va qanotli raketalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Xabar qilinishicha, mashg‘ulotlarda havo-kosmik kuchlar, janubiy harbiy okrug, strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlari, Shimoliy va Qora dengiz flotlari ishtirok etadi.
Rossiya 19 fevral kuni ballistik va qanotli raketalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar shaxsan mamlakat prezidenti Vladimir Putin rahbarligi ostida o‘tkaziladi, deb xabar berdi RBK.
Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar harbiy boshqaruv organlari, kema va raketa tashuvchi kemalar ekipajlarining tayyorgarligi, strategik yadroviy va noyadroviy kuchlar qurollanishini tekshirish maqsadida avvaldan rejalashtirilgan.
Mashg‘ulotlarda havo-kosmik kuchlar, janubiy harbiy okrug, strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlari, Shimoliy va Qora dengiz flotlari ishtirok etadi.
Dekabrda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu strategik qo‘mondonlik shtab mashg‘ulotlari o‘tkazilishini e’lon qilgan, ammo ularning o‘tkazilish muddatini aytmagandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025