Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya ballistik raketalar bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi. Mashg‘ulotlarni Putin va Lukashenko birgalikda kuzatadi
Lukashenko Rossiya bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Ittifoq qat’iyati – 2022” mashg‘ulotlari fonida Moskvaga kelgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik mudofaa kuchlari mashg‘ulotlariga start berdi. Mashg‘ulotlar doirasida ballistik va qanotli raketalar uchiriladi.
Mashg‘ulotlarda havo-kosmik kuchlar, janubiy harbiy okrug, strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlari, Shimoliy va Qora dengiz flotlari ishtirok etadi.
Avvalroq RBK mashg‘ulotlar shaxsan mamlakat prezidenti Vladimir Putin rahbarligi ostida o‘tkazilishi haqida xabar bergandi.
Putin ballistik raketalar parvozini Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda kuzatib boradi.
Lukashenko tadbirda Putinning taklifi bilan ishtirok etadi. U Rossiya bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Ittifoq qat’iyati – 2022” mashg‘ulotlari fonida Moskvaga kelgan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025