Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax shahrida tadbirkorga imtiyozli kredit olib berishni aytib pul olgan soliq inspektori ushlandi
Soliq inspektori tadbirkorga imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishini aytib 600 dollar olgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasining soliq katta inspektori A.X. “M.N.” MChJ rahbari M.ning ishonchiga kirib, bank muassasalarida ishlovchi tanishlari orqali 200 million so‘m imtiyozli kredit ajratilishida yordam berish evaziga 600 dollar va o‘zi uchun qaytarib berish sharti bilan 200 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
11:42 / 23.01.2025
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi
21:36 / 13.06.2024
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
15:48 / 07.03.2024