Putin DXR va LXR bo‘yicha bugun qaror qabul qilishini aytdi
21 fevral kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Rossiya prezidentidan bu respublikalarni tan olishni so‘radi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida DXR va LXRni mustaqil davlatlar sifatida tan olish bo‘yicha qaror qabul qilishini aytdi.
«Hurmatli hamkasblar, fikringizni eshitdim. Qaror bugun qabul qilinadi», — dedi u.
RBKning yozishicha, bu respublikalar mustaqilligini tan olishni qo‘llab-quvvatlab Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, federatsiya kengashi va davlat dumasi spikerlari Valentina Matviyenko va Vyacheslav Volodin chiqish qildi. Xususan, Medvedev 2008 yilda Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgani «yuz minglab odamlar hayotini saqlab qolgani va NATO hamda qator Yevropa davlatlari uchun saboq bo‘lgani»ni aytdi.
Matviyenkoning fikricha, bu — Rossiyaning «axloqiy burchi», Moskva sanksiyalar tahdidiga qaramasdan ushbu qarorni qabul qilishi kerak.
Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev va Rosgvardiya rahbari ham DXR va LXR mustaqilligini tan olish «zarur»ligini bildirdi.
FXX direktori Aleksandr Bortnikovning so‘zlariga ko‘ra, DXR va LXR fuqarolari «umid bilan ko‘z tikmoqda va Rossiyadan ularni himoya qilishini so‘ramoqda» hamda Moskva «ularning huquqini amalga oshirishi kerak».
Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning fikricha, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni tan olish orqali Rossiya u yerda yashaydigan aholini himoya qiladi.
Avvalroq Donbassda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Denis Pushilin hamda Leonid Pasechnik Rossiya prezidenti Vladimir Putindan bu respublikalarni tan olishni so‘ragandi.
Mavzuga oid
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024
Putin Kursk oblastini Tramp inauguratsiyasigacha qaytarmoqchi
22:35 / 11.11.2024