“Qurilishi to‘liq yakunlanmagan binolarni qabul qilish taqiqlangan” – vazirlik Kun.uz maqolasiga munosabat bildirdi
Kun.uz saytida “Jizzaxda investitsiya majburiyatini bajargan yosh tadbirkor «GASN» qarshiligiga uchradi” sarlavhali maqola e’lon qilingan, unda 26 yoshli tadbirkor ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganda jiddiy muammoga duch kelgani haqida so‘z borgandi. Qurilish vazirligi o‘z saytida hududiy “GASN” fikri asosida mazkur maqolaga o‘z munosabatini bildirdi.
“Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Do‘stlik” MFY “Bo‘ston” shaharchasida yashovchi Anvar Burhonovning “Kun.uz” saytiga qilgan murojaati yuzasidan Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining rasmiy munosabati:
Viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan bu murojaat belgilangan tartibda o‘rganib chiqilganida quyidagilar ma’lum bo‘ldi: “GOLDEN KEY MATERIAL” MChJ tomonidan Zarbdor tumani, "Shodlik" MFY hududida omborxona binosini qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish obektida qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida 2022 yil 14 yanvarda hududiy inspeksiyaga xabarnoma yuborgan.
Hududiy inspeksiya inspektori tomonidan qurilish obekti nazoratini amalga oshirish uchun obektga borilganda, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida xabarnoma yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamenti 3-bandi talabiga zid ravishda (3.Qurilish-montaj ishlarini xabarnoma yubormasdan amalga oshirish taqiqlanadi.) qurilish obekti 75–80 foiz bajarib bo‘lingani va tasdiqlangan loyiha bo‘yicha bajarilmaganligi ma’lum bo‘lgan va hududiy inspeksiya tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 avgustdagi 496-son Qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament talabiga asosan binoning holati yuzasidan texnik o‘rganish o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Joriy yilning 7 fevral kuni tadbirkorlik sub’yekti tomonidan obektda qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanmasdan foydalanishga qabul qilish maqsadida hududiy inspeksiyaga murojaat yuborilgan.
Hududiy inspeksiya tomonidan Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 370-son qarori bilan tasdiqlangan qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamenti 20-bandiga asosan obekt qurilishi (rekonstruksiyasi)ning tugallanmagani aniqlanishi yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq emasligi dalolatnoma loyihasini tayyorlash yoki kelishishni rad etish uchun asos bo‘lishligi hamda ShNK 03.01.04-04 “Qurilishi tugallangan obektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi”da qurilish obekti loyiha asosida to‘liq yakunlangandan so‘ng foydalanishga qabul qilinishi qat’iy belgilanganligi bois tadbirkorlik sub’yekti tomonidan hududiy inspeksiyaga kiritilgan murojaat belgilangan tartibda rad qilingan”, – deyiladi munosabatda.
Munosabatning batafsil shakli vazirlik saytida e’lon qilingan.
Mavzuga oid
18:00 / 17.07.2024
«Trest 12»ga tendersiz loyihalar, bajarilmagan va’da va “yengilmagan” korrupsiya – Botir Zokirovning 5 yili
08:39 / 06.12.2023
Qurilish vazirligiga shaharsozlik sohasida qo‘shimcha vakolat beriladi
13:26 / 31.08.2023
«O‘zsuvta’minot» aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish vazirligiga o‘tkazildi
12:07 / 24.02.2023