Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatirchidagi xavfli ko‘prik – tuman mutasaddilari muammoga nega ko‘z yummoqda?
Xatirchi tumanining Oltinobod mahallasidagi Navandak qishlog‘i bolalari hududdagi xavfli ko‘prikdan har kuni o‘tib qaytishga majbur. Sababi, ular maktabga shu yo‘ldan qatnashadi. Qishloq aholisining ko‘p bora qilgan murojaatlariga qaramay, tuman mutasaddilari masalaga e’tibor bermayapti.
Soy ustiga qurilgan ko‘prik qachonlardir buzilib ketgan. Bahor kezlari soyda suv to‘lib-toshadi va u ko‘prikdan o‘tish imkonsiz bo‘lib qoladi. Ota-onalar esa katta quvurdan kesib yasalgan qo‘lbola ko‘prikdan o‘tib maktabga qatnaydigan bolasini yurak hovuchlab kutib o‘tirishini aytmoqda.

Aholining ma’lum qilishicha, qimirlab turuvchi ushbu ko‘prikdan o‘tishda bolalarning yiqilib tushgan holatlari ham kuzatilgan. Ko‘za kunda emas, kunida sinadi, degan naqlni unutgan tuman rahbarlari esa bu muammoga negadir ko‘z yumib kelishyapti.



Kun.uz ushbu qishloq muammolarini ikki yil oldin yoritgandi. Ammo ularning aksariyati, xususan, ko‘prik masalasi bugungacha o‘z yechimini topmagan.
Mavzuga oid
15:19 / 02.05.2025
“Oltin konini portlatmoqchi edim” – Xatirchida fuqaro uyida portlovchi qurilma saqlab kelgani aniqlandi
18:37 / 26.12.2024
Xatirchida poyga o‘ynab, 9 yoshli qizni bosib ketgan haydovchilarga hukm o‘qildi
18:45 / 15.07.2024
Navoiyda ayol o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi
14:48 / 08.07.2024