Yangihayot tumanida 152 ming dollarlik yuk konteynerlarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi
U xorijiy kompaniya vakolatxonasi rahbarining ishonchiga kirib, 76 dona konteynerlarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Yangihayot tumanida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.Sh. va boshqalar logistika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “W.G.” xorijiy kompaniya vakolatxonasi rahbari S.K.ning ishonchiga kirib, 76 dona umumiy qiymati 152 ming dollarlik yuk konteynerlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Rossiyadan Toshkentga yuborilgan 7 ta vagon-sisternadagi benzinni o‘g‘irlagan shaxslar ushlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
18:47 / 09.10.2024
Toshkentda temiryo‘l xodimi poyezd ostida qolib halok bo‘ldi
15:54 / 25.09.2024
Toshkentda ikki avtobus o‘zaro to‘qnashdi
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
16:28 / 24.07.2024