Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Qashqadaryoda pora evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Buxoro viloyatida 1 500, Qashqadaryo viloyatida 4 000 AQSh dollari evaziga fuqarolarni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro O.U. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida fuqaro Z.X. fuqaro I.ni aldab, 4 000 AQSh dollari evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. U kelishilgan pulni olayotganda departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024
O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:10 / 17.10.2024