Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun prezident Orol dengizi bo‘ylab ekilgan saksovullarni ko‘rgani boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif doirasida Mo‘ynoq tumaniga borishi kutilmoqda. Bu haqda blogerlar Xushnudbek Xudoyberdiyev va Aziza Qurbonova xabar berishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Orol dengizi bo‘ylab ekilgan saksovullar hududini ko‘rish, holat bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mutasaddilar Orolning keyingi taqdiri uchun amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida davlat rahbariga taqdimot qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Jurnalist Aziza Qurbonovaning ta’kidlashicha, tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq va Orolqumda bo‘ladi.
Bundan oldin Orol dengizining qurigan tubiga havodan sepilgan urug‘lar unib chiqqani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:14 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
13:31 / 22.11.2024