Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Bo‘ston va Shahrixon tumanlarida fuqarolarni qo‘shni davlatdan o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Bo‘ston tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.U. va boshqalar fuqaro S.T.ning ishonchiga kirib, uning Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini tanishlari yordamida Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga 1 800 AQSh dollarini o‘zi faoliyat olib borayotgan “N.A.” MChJ ishchisi M. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departament hamda DXXning Shahrixon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. fuqaro Q.Q.ning Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetidagi o‘qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga ko‘chirib berish evaziga 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025