O‘zbekiston | 07:28 / 24.02.2022
3166
2 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslar va chet elliklarga davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga ruxsat beriladi

Foto: Dreamstime

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi

Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, davlat qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston rezidentlari (shu jumladan, jismoniy shaxslar) va norezidentlari sotib olishi mumkinligi belgilanmoqda. Shu vaqtga qadar, davlat qimmatli qog‘ozlari jismoniy shaxslar va norezidentlar o‘rtasida joylashtirilishi nazarda tutilmagan.

Qarorga muvofiq:

  • davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida diler funksiyalarini bajarish uchun birlamchi va ikkilamchi dilerlik tushunchalari kiritilmoqda;
  • inflatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish imkoniyati yaratilmoqda;
  • daromadlilik va foizlarni hisoblashda Xalqaro kapital bozorlari xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan qo‘llaniladigan formulalardan foydalanish mumkinligi belgilanmoqda;
  • auksion natijalari bo‘yicha hisob-kitoblar T+0, T+1 va T+2 xalqaro standartlari asosida amalga oshirilishi belgilab berilmoqda;
  • xalqaro identifikatsiya kodlarini berish orqali davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish imkoniyati yaratilmoqda;
  • davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash xalqaro standartlarga mos har olti oyda amalga oshirilishi belgilanmoqda;
  •  davlat qimmatli qog‘ozlari bozoridagi operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar (auksion o‘tkazish bo‘yicha e’lonlar, auksion natijalari va investorlar uchun zaruriy ma’lumotlar) muntazam ravishda Moliya vazirligi, Markaziy bank va O‘zRVB saytlarida e’lon qilinishi belgilab qo‘yilmoqda.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid