Jamiyat | 11:38 / 24.02.2022
750
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga, Farg‘onada Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Fuqaroni Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs 20 ming dollar, Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxs 300 dollar va 500 ming so‘m olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Sh. fuqaro J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Turkiya, Italiya yoki Meksika davlatlari orqali aylanma yo‘llar bilan AQSh hududiga olib o‘tishi va ushbu davlatda ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 20 000 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.S. fuqaro N.ni ishonchiga kirib, 3,5 ming dollar evaziga uni Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, oldindan 300 dollar va 500 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Avvalroq, Samarqandda fuqarolarni Boliviya, Kolumbiya va Meksika orqali Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan guruh a’zolari qo‘lga olingandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid