Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda Nexia haydovchisi vafot etdi
Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ko‘cha chetiga to‘kib qo‘yilgan shag‘alga urilgan va mashina ag‘darilib ketgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2022 yil 22 fevral kuni Payariq tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Payariq tumani “Xosa” MFY hududida harakatlanib borayotgan Chuqur qishlog‘ida yashovchi Nexia mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina ko‘cha chetiga to‘kib qo‘yilgan shag‘al uyumiga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida, 27 yoshli mashina haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajalariga qaramasdan, u vafot etgan.
Qayd etilishicha, tuman IIB YHXB tomonidan Payariq tumanidagi avtomaktabda hodisa yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Muhokamada haydovchilarga yo‘llarda ehtiyot bo‘lib, qoidalarga amal qilgan holda harakatlanish uqtirilgan.
Mavzuga oid

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi

10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi

13:52 / 09.03.2025