O‘zbekiston | 08:41 / 01.03.2022
5616
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani episentr sifatida ko‘rsatilgan. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 1 mart kuni 08:09 da zilzila sodir bo‘lgan. Episentr: Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani.

Zilzila koordinatalari: 40,18 gradus shimoliy kenglik; 71,71 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 242 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Farg‘ona tumanida 2 ball, 13 km.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid