Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va yana uch milliy jamoa ishtirokida «Navruz Cup-2022» turniri o‘tkaziladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 25-29 mart kunlari Namanganda ilk marta «Navruz Cup-2022» turnirini o‘tkazadi.
«Musobaqada O‘zbekiston milliy jamoasi bilan birga Tojikiston, Qirg‘iziston va Uganda milliy jamoalari ishtirok etishadi.
Jamoalar dastlab yarimfinal uchrashuvlarini o‘tkazishadi. G‘oliblar birinchi o‘rin uchun, mag‘lub jamoalar esa uchinchi o‘rin uchun kurash olib boradi. Barcha o‘yinlar Namangandagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda», - deyiladi O‘FA xabarida.
«Navruz Cup-2022» taqvimi:
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogi saralashidagi uchrashuvlari ham Namangan shahridagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tishi e’lon qilingandi. Milliy jamoaning Tailand, Maldiv orollari, va Shri Lankaga qarshi o‘yinlari 8, 11 va 14 iyun sanalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi
20:13 / 22.01.2025
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
19:43 / 21.01.2025
Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi
21:04 / 29.11.2024