O‘zbekiston | 17:35 / 04.03.2022
3917
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tumanidagi dorixonada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

“Karbamazepin”, “Lirika”, “Naftezin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritishga uringan dorixona rahbari ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanidagi “M.P.” MChJga qarashli dorixonada tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, MChJ rahbari 5 dona “Zardeks” nomli dori vositasini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, sotish uchun mo‘ljallangan 2 580 dona “Karbamazepin”, 434 dona “Lirika” va 31 dona “Naftezin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Foto: Prokuratura departamenti

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid