O‘zbekiston | 18:38 / 05.03.2022
9477
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 6 ta xonadon butunlay yonib ketganligi haqidagi xabarlarga rasmiylar izoh berildi

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanidagi Xrabek qishlog‘ida 6 ta xonadon butunlay yonib ketganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Kun.uz muxbiri hodisa bo‘yicha viloyat FVB axborot xizmati bilan bog‘landi.

Qayd etilishicha, Andijon tumani “Kengash” MFY Obod ko‘chasida istiqomat qiluvchi X.D. yashash uyining 200 m.kv tom qismi va uy ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda 6 ta xonadon deya video tarqalmoqda. Aslida 1 ta xonadonda yong‘in yuz bergan. Yong‘in boshqa xonadonlarga o‘tmagan”, - deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Sardorbek Zunnunov.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inni bartaraf etish uchun 5 ta yong‘in qutqaruv bo‘linmalari jalb qilingan.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid