Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tuzilmasida 1257 nafar xodim ishlashi belgilandi
Prezidentning «Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:
- Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi;
- davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni;
- 54 nafar shtat birligidan iborat vazirlik markaziy apparatining tuzilmasi;
- 168 nafar shtat birligidan iborat viloyat boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
- 1 035 nafar shtat birligidan iborat tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi.
2022 yil 1 maydan boshlab mahalla raisining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:
- xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lganda – MHEKMning 4 baravari miqdorida;
- 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lganda – MHEKMning 4,5 baravari miqdorida;
- 1 000 tadan ortiq bo‘lganda – MHEKMning 5 baravari miqdorida.
Faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, mahalla raislarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantiriladi.
Mavzuga oid
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi
14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi
15:16 / 03.01.2025