Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar texnoparki tashkil etiladi
Bolalar texnoparkini tashkil etish loyihasi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
Vazirlik vakillari va D.Mendeleyev nomidagi Rossiya davlat kimyo-texnologiyalar universitetining prorektori I.Yeryomin boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashildi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi va O‘zbekistonda 6 yoshli bolalar uchun tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bolalar texnoparkini tashkil etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolandi.
Bolalar texnoparki bolalarning erta yoshdan tabiiy fanlar, shuningdek, fizika, kimyo, biologiya va ekologiya sohalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarini egallash imkoniyatiga ega bo‘lgan ta’lim loyihasiga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Bildirilishicha, mazkur loyiha mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
07:39 / 01.05.2025
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in kelib chiqdi
15:10 / 28.04.2025
O‘zbekistonda Boshqirdiston kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etiladi
13:44 / 05.09.2024
Elektrotexnika sohasidagi texnoparklar yangi yo‘nalishda rivojlantiriladi
21:42 / 04.09.2024