Jahon | 02:07 / 05.03.2022
11870
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Facebook bloklandi

Ta’kidlanishicha, mazkur chora Rossiya OAVning ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi cheklangani sababli qo‘llanilgan.

Foto: Global Look Press

Roskomnadzor Rossiyada Facebook ijtimoiy tarmog‘ini blokladi. Bu haqda idora saytida xabar qilindi.

“2020 yil oktyabrdan buyon ana shunday 26ta holat qayd etildi. Oxirgi kunlarda “Zvezda” telekanali, RIA Novosti agentligi, Sputnik, Russia Today hamda “Lenta.ru” va “Gazeta.ru” nashrlariga cheklov kiritilgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bunday cheklovlar o‘rnatish taqiqlangan.

Roskomnadzor avvalroq Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirish qisman cheklanishini bildirgandi. Bunga qadar Meta kompaniyasi Rossiya hukumatining akkauntlardan cheklovlarni olib tashlash talabini bajarishni rad etgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid