Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seysmik xavfi yuqori hududlarda quriladigan binolarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston seysmik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarida quriladigan bino va inshootlariga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurilish vazirligining seysmik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda quriladigan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar 2022 yil 1 maydan boshlab seysmik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda quriladigan bino va inshootlarining qurish loyihalariga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olinishini ta’minlaydi.
Quyidagilar:
Qurilish vazirligi – seysmik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan, ekspertizadan o‘tkazilgan bino va inshootlarning loyiha hujjatlarini zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish uchun yo‘naltirishga;
Fanlar akademiyasi va ilmiy asoslantirilgan xulosalar berish vakolatiga ega tashkilotlar va idoralar tomonidan – ekspertizadan o‘tkazilgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berishi nazarda tutiladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda quriladigan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:
- seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda quriladigan bino va inshootlarni zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy ekspertizadan o‘tkazish va xulosalar berishning maqsadi va vazifalari;
- seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda quriladigan bino va inshootlarni zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi;
- seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda quriladigan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish tartibi;
- seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda quriladigan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy ekspertiza xulosasini berish.
Mavzuga oid
10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
13:08 / 25.02.2025
Aholi va xo‘jalik sub’yektlari binolari tomining kamida 50 foizi quyosh panellari bilan jihozlanadi
10:14 / 14.01.2025
Baland qavatli binolarga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatiladi
09:00 / 09.01.2025