Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hukumati mamlakatga do‘st emas deb hisoblanuvchi davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi
Ro‘yxatdan AQSh va Kanada, Yevroittifoq mamlakatlari hamda 20dan ortiq davlat va hududlar o‘rin oldi.
Rossiya hukumati Rossiyaga, uning kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan nodo‘stona harakatlarni amalga oshirgan davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Ro‘yxatga AQSh va Kanada, Yevroittifoq davlatlari, Buyuk Britaniya (shuningdek, Jyersi, Angilya, Britaniya Virjin orollari, Gibraltar), Ukraina, Chernogoriya, Shveytsariya, Albaniya, Andorra, Islandiya, Lixtenshteyn, Monako, Norvegiya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya, Singapur va Tayvan kiritildi.
Bu mamlakat va hududlar Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan yoki e’lon qilingan sanksiyalarga qo‘shilgan.
Rossiya fuqarolari va kompaniyalari, mamlakatning o‘zi va uning regionlari ro‘yxatdagi mamlakatlar kreditorlari oldidagi qarzlarini rublda to‘lashlari mumkin.
Qayd etilishicha, Rossiya kompaniyalarining do‘st bo‘lmagan davlatlar firmalari bilan tuziladigan barcha shartnomalari hukumat komissiyasi tomonidan ma’qullanadi.
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
14:36 / 23.05.2025
Bank of Georgia rossiyaliklarning lyuks do‘konlardagi xaridlarini chekladi
10:22 / 23.05.2025