O‘zbekiston | 07:18 / 07.03.2022
6447
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi 

Joriy yilning 1 mart kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Mehmon J.Ortiqxo‘jayevga qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini ta’kidladi. Mart oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan II-strategik hamkorlik bo‘yicha sammit doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, tomonlar turk maktabini kengaytirish uchun yer maydonini ajratish va Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berish hamda Toshkentda qurilish bilan shug‘ullanayotgan turk kompaniyalari masalalarini muhokama etdilar.

Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu masalalarning yechimida imkon qadar ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

2011 yilda Toshkentdagi Mustafo Kamol Otaturk ko‘chasi Zarafshon deb qayta nomlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid