O‘zbekiston | 10:12 / 07.03.2022
18392
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ismailov Sherzod Bekberganovich Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlagan.

Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2018 yildan buyon Shavkat Obidjonovich To‘laganov ishlab kelayotgan edi. 

Mavzuga oid