Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyingi hafta oxiridan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4–5 kun dam olishadi
Navro‘z bayrami munosabati bilan xodimlar kamida 4 kun: 20–23 mart sanalarida dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun odatiy tartibda 19 mart (shanba) ham dam olish kuni bo‘ladi.
Prezident farmoniga binoan, 2022 yilgi Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda 22 va 23 mart (seshanba-chorshanba) kunlari qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.
20 mart yakshanba ekani, 21 mart esa ishlanmaydigan bayram kuni ekani hisobiga, ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun esa 19 mart, shanba hisobiga dam olish kunlari ketma-ket 5 kunni tashkil etadi.
Ish haftasidan qat’i nazar, barcha uchun dam olish kunlari:
- 20 mart, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
- 21 mart, dushanba – ishlanmaydigan bayram kuni – Navro‘z;
- 22 mart, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni;
- 23 mart, chorshanba – qo‘shimcha dam olish kuni.
Budjet tashkilotlarida 22 va 23 martdagi qo‘shimcha dam olish kunlari mehnat ta’tilining davomiyligini 2 kunga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda ta’tilning amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qo‘shimcha dam olish kunlari qo‘shiladi.
Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Mavzuga oid
10:55 / 05.05.2025
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam beriladi?
13:48 / 20.03.2025
Navro‘zda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi
18:43 / 24.12.2024