Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliq shahrida tadbirkordan pora talab qilgan muhandis ushlandi
U ishlab chiqarish sexi uchun suv quvurini o‘tkazishga texnik shart va loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan pul talab qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan IIB bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Olmaliq shahar bo‘limi bosh muhandisi U.U., “O.” nomli bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli hududda teri mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish sexi uchun suv quvurini o‘tkazishga texnik shart va loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkor X.dan 900 AQSh dollari miqdorida pora talab qilib, milliy valuta hisobida 9,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
10:53 / 22.04.2025