O‘zbekiston | 08:20 / 10.03.2022
32063
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Yevropada qidiruvda bo‘lgan, katta miqdorda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: IIV

Yevropada jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan shaxs O‘zbekistonda qo‘lga olindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi xabar qilmoqda.

Makedoniyaning Interpol milliy markaziy byurosi ma’lumotlariga asosan hamda O‘zbekiston Interpol MMB xodimlarining tezkor harakatlari tufayli uyushgan jinoiy guruh a’zolaridan biri bo‘lgan, Yevropaning bir qator mamlakatlarida katta miqdorda o‘g‘rilik sodir etgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi hibsga olindi.

Interpol kanallari orqali tashkil etilgan o‘zaro hamkorlik natijasida jinoyatchi O‘zbekistonda aniqlandi va qo‘lga olindi.

Bugungi kunda, olib borilgan muzokaralar va olingan tezkor axborotlar tufayli, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs sodir etgan jinoyatlariga sud oldida javob berish uchun makedoniyalik hamkasblarga topshirildi, deyiladi ma’lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid