«Ibratli oila» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalar uchun “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
Hujjatga ko‘ra, “Ibratli oila” ko‘krak nishoni 15 may – Xalqaro oilalar kunida topshiriladi.
Bundan tashqari, farmon bilan aliment to‘lovchining boshqa qarzdorligi bo‘lganda, qarzdordan undirilgan mablag‘lar aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qoplangandan so‘ng boshqa qarzlariga o‘tkazilishi belgilandi.
Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan va qidiruv e’lon qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar MIBning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi va davlat OAVlarida tarqatiladi.
Aliment to‘lovchidan 3 oyda aliment undirish imkoni bo‘lmaganda jamg‘armadan aliment to‘lovlari to‘lab beriladi hamda keyinchalik qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.
Mavzuga oid
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
13:50 / 11.10.2024
50 yoshdan keyin oila qurganlar soni ma’lum qilindi
17:16 / 05.09.2024
“Bitta farzand” siyosatidan so‘ng: xitoylik ayollar haligacha bolali bo‘lishni xohlamayapti
18:00 / 02.09.2024