Jahon | 16:41 / 11.03.2022
12059
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov Putin va Zelenskiy uchrashishi mumkinligini istisno qilmadi

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvdan avval unga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi kerak.

Foto: EPA

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy uchrashishi mumkinligini hech kim istisno qilmayotganini aytdi.

"Putin va Zelenskiy uchrashishi ehtimolini hech kim istisno qilmayapti. Ha, bu konseptual jihatdan amalga oshishi mumkin", - dedi Peskov.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvdan avval unga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi kerak.

“Ammo prezidentlar shunchaki suhbatlashish emas, balki natija uchun uchrashishlarini ta’minlash uchun avvalo delegatsiyalar va vazirlar o‘zlariga tegishli vazifalarni bajarishi lozim”, - dedi u.

"Rossiya tomonining pozitsiyasi ma’lum va ukrainaliklarga yetkazilgan, biz javob kutyapmiz", - deb ta’kidladi Peskov.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid