Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Drift qimmatga tushdi: "Skver"da Porshe YTHga uchradi
Internetda tarqalgan videolarda xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil yo‘l chetidagi daraxtga urilgani va jiddiy zarar ko‘rgani aks etgan. Kun.uz ushbu rusumdagi, 2021 yilda ishlab chiqarilgan mashinalar 150 – 170 ming dollar narx bilan sotuvga qo‘yilganini aniqladi.
Internetda Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylanma yo‘lda harakatlanib ketayotgan haydovchi turli manyovrlar bilan o‘zi va mashina salonidagi boshqa yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.
Halokatga uchragan avtomobildagi yo‘lovchilardan biri tomonidan tasvirga tushirilgan videoda haydovchi sheriklarining iltimoslariga qaramay, turli xavfli “drift”lar qilgani ko‘rinadi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xabar berishicha, YTH 9 mart kuni tungi soat 03:00 atrofida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Porsche Taycan rusumli mashinada harakatlanib ketayotgan 26 yoshdagi haydovchi boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilgan.
YTHga uchragan avtomobilning qiymati va haydovchining kimligi ma’lum qilinmagan. Ochiq manbalarga ko‘ra, 2021 yilda ishlab chiqarilgan, 5000 km yo‘l bosgan Porsche Taycan 4S rusumli avtomobil Toshkentda 170 ming dollar narx bilan sotuvga qo‘yilgan. Olx’da 2021 yilda ishlab chiqarilgan Porsche Taycan rusumli mashina yetkazib berish va bojxona xarajatlari bilan birgalikda 150 ming dollarga baholangan.
Rasmiy ma’lumotda YTH oqibatida vafot etganlar yoki jarohatlanganlar yo‘qligi ma’lum qilingan.
Avvalroq Toshkentda tungi drift uyushtirgan Mercedes haydovchisi javobgarlikka tortilgandi. Shuningdek, Samarqandda Registon majmuasi oldida «tomosha ko‘rsatgan» Lacetti va Nexia haydovchilariga ham qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgandi.
Mavzuga oid
17:24 / 20.05.2022
Amir Temur xiyobonida kartoshka ekishini aytgan yigit va uning sherigi 15 sutkaga qamaldi
12:55 / 14.07.2021
Yuzlab yoshlar rossiyalik bloger chaqirig‘i bilan Amir Temur xiyobonida to‘plandi
22:12 / 28.03.2021
Toshkent IIBB Amir Temur xiyobonida ro‘y bergan janjal yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi
20:11 / 10.06.2020