Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Yosh vatandoshlar reyestri» ishga tushiriladi
“Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarga zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2022 yil iyundan xorijdagi nufuzli OTMda o‘qiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan O‘zbekiston yoshlari (yosh vatandoshlar)ga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
- yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan ta’minlanadi;
- davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya beriladi.
2022 yil 1 iyungacha “Yosh vatandoshlar reyestri” elektron tizimi ishga tushirilib, mazkur tizim xorijdagi vatandosh olimlar, ekspertlar va tadqiqotchilar ochiq ro‘yxatdan o‘tadigan platformaga integratsiya qilinadi.
Har yili 1 martgacha davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi malakali yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarni kelgusida yuqori lavozimga tayinlash bo‘yicha asoslangan takliflarni Yoshlar ishlari agentligiga beradi. Agentlik 1 aprelgacha takliflarni o‘rganib, prezident administratsiyasiga tavsiya kiritadi.
Mavzuga oid
11:45 / 20.02.2025
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:38 / 01.02.2025
“Cherry mashinasi bor, ammo...” – muhtoj sifatida nafaqa olayotgan 20 mingdan ortiq oila reyestrdan chiqarildi
13:02 / 30.01.2025
Ukrainaga yetkazilgan harbiy zarar reyestri Rossiyada nomaqbul deb topildi
16:39 / 17.01.2025