Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida bir kunda 81 nafar jinoyatchi qatl qilindi
Qatl qilinganlarning ayrimlari "Al-Qoida", "IShID" tashkilotlari a’zolari va Yamandagi isyonchi husiylarning homiylari bo‘lgan.
Foto: AFP/Getty Images
Saudiya Arabistonida turli jinoyatlarda ayblangan 81 kishi qatl qilindi, deb xabar berdi Associated Press.
Hukumatning ma’lum qilishicha, qatl qilinganlarning ayrimlari "Al-Qoida", "IShID" tashkilotlari a’zolari va Yamandagi isyonchi husiylarning homiylari bo‘lgan.
"Qirollik terrorizm va butun dunyodagi barqarorlikka xavf soluvchi ekstremistik tashkilotlarga nisbatan qat’iy va o‘zgarmas siyosatini davom ettiradi", - deyiladi Saudiya Arabistoni hukumati bayonotida.
Bu qirollikda so‘nggi vaqtda amalga oshirilgan eng yirik ommaviy qatl bo‘ldi.
Saudiya Arabistonida oxirgi marta 2016 yilda ommaviy qatl amalga oshirilgan, o‘shanda bir kunda 47 kishiga nisbatan o‘lim jazosi ijro etilgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025