Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda mahkumlarni ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan shaxs aniqlandi
Mirzaobod tumanida mahkumlarni ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro M.P. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning tanishlari bo‘lgan Jizzax viloyatida joylashgan manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar O. va X.ni kafillik to‘lovi orqali ozodlikka chiqarib berishni va’da qilib, evaziga 136 mln so‘m pulini plastik kartaga o‘tkazish orqali qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan avval Qo‘ng‘irotda mahkumni 10 ming dollar evaziga ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
13:18 / 02.04.2025
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
20:57 / 26.03.2025
Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi
19:33 / 04.03.2025
Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari ishdan olindi. U qamoqdagi mahkumning uyini o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘lgandi
16:53 / 28.02.2025