Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi
Mamlakat prezidentligi uchun to‘qqiz nafar nomzod, jumladan, Turkmanistonning amaldagi prezidentining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov kurash olib bormoqda.
Foto: RIA Novosti
Turkmanistonda mahalliy vaqt bilan soat 17:00da navbatdan tashqari prezident saylovi ovoz berish uchastkalari yopildi, deb xabar berdi TASS.
Ovoz berish ertalab 07:00da boshlangandi. Mamlakat bo‘yicha 2577ta, respublika tashqarisida 41ta ovoz berish uchastkasi ochildi.
Ma’lumot berilishicha, jami 3,4 mln nafardan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan. Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, soat 15:00 holatiga saylovchilarning 86,34 foizi ovoz bergan.
Mamlakat prezidentligi uchun to‘qqiz nafar nomzod, jumladan, Turkmanistonning amaldagi prezidentining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov kurash olib bormoqda. Saylovchilarning yarmidan ko‘prog‘ining ovoziga ega bo‘lgan nomzod prezidentlikka saylangan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025