Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Iroqdagi konsulxonasi atrofida bir necha raketa portladi (video)
Iroq shimolidagi Arbil shahrida joylashgan AQSh bosh konsulxonasi binosi atrofiga bir necha raketa kelib tushdi.
Iroq milliy axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, shaharda kamida uch marta portlash ovozlari eshitilgan.
Hujum oqibatida konsulxona binosi yaqinida joylashgan Kurdistan 24 telekanali binosi shikastlangan. Shuningdek, mahalliy aeroport faoliyati to‘xtatilgan.
Qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida xabar berilmadi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, raketalar Eron hududidan uchib kelgan.
AlHadath ma’lumotiga ko‘ra, Arbilga raketalar uchirilishi Suriyada eronlik ikki zobit Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan yo‘q qilinishiga javoban amalga oshirildi.
Mavzuga oid
19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi
17:34 / 31.01.2025