O‘zbekiston | 09:30 / 14.03.2022
8297
2 daqiqa o‘qiladi

Fevral oyida qaysi hududlarda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

Fevral oyida 3 985 ta ajrashish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning fevral oyida respublika bo‘yicha 3 985 ta ajrashish holatlari qayd etilgan.

2022 yilning fevral oyida hududlar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatildi – 507 ta holat.

Shuningdek, ajrashish holatlari Samarqand viloyati (439 ta holat), Toshkent viloyati (415 ta holat) va Andijon viloyatida nisbatan ko‘p kuzatildi (415 ta holat).

Qolgan hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qashqadaryo viloyati – 392 ta;
  • Namangan viloyati – 352 ta; 
  • Farg‘ona viloyati – 313 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 207 ta;
  • Buxoro viloyati – 191 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 181 ta;
  • Xorazm viloyati – 173 ta;
  • Jizzax viloyati – 139 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 136 ta;
  • Navoiy viloyati – 125 ta.

Bundan oldin fevral oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid