O‘zbekiston | 11:43 / 15.03.2022
23892
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismi sel ostida qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismi sel ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan izoh berdi.

Foto: IIV YHXBB

Ma’lum qilinishicha, ko‘p miqdordagi yog‘ingarchilik va ayrim hududlarga sel kelishi oqibatida M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi 1075-1077 kilometrlari oralig‘ida suv to‘plangan. Hozirda hududiy FVB va YHXB xodimlari tomonidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, 15 mart kuni tunda va ertalab Jizzax va Samarqand viloyatining aksariyat hududlarida kuchli yomg‘irlar yog‘gan. Oqibatda har ikki viloyatning tog‘li hududlarida sel oqmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal, Zomin, Forish va boshqa tumanlarida, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlarida sel oqmoqda.

Bundan tashqari, Samarqand shahrida 14 mart kuni tunda va 15 mart kuni tongda yog‘gan yomg‘ir tufayli shaharning bir qator hududlarida ko‘chalarda to‘lib suv oqmoqda.

Avvalroq 12–13 mart kunlarida ham Samarqand va Jizzax viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sellar oqqani haqida xabar berilgandi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Mavzuga oid