Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Yashil bog‘lar» va «Yashil jamoat parklari» tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklar” barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha prezident farmoni bilan tasdiqlangan yashil hududlarni rivojlantirish, ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagilar bilan asoslangan:
daraxt, butalar va yashil hududlarni muhofaza qilish hamda ular maydonlarini kengaytirish, sohada mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan prezidentning “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklar” maqomi, faoliyat yuritish tartibi, talablar, egalari huquqlari va majburiyatlari, ularni boshqarish
va moliyalashtirish mexanizmlarini belgilashdan iborat.
Loyihada “Yashil bog‘lar” to‘g‘risida nizom hamda “Yashil jamoat parklar” to‘g‘risida nizomlar tasdiqlanmoqda.
Shuningdek, yashil bog‘lar va yashil jamoat parklari sug‘orish imkoniyati mavjud yer uchastkalarida tashkil etilishi belgilanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklar”ni belgilangan muddatlarda tashkil etish uchun mas’ul va javobgarligi belgilanmoqda.
“Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklari”ni tashkil etish, saqlash va rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalari, homiylik va grant mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi aytilgan.
Mavzuga oid
10:24 / 15.05.2025
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
11:00 / 04.05.2025
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya
18:41 / 25.04.2025
“Chelaklab suv tashib amallab ko‘kartirib olganman” – tog‘ bag‘rida bog‘ yaratgan so‘xlik 93 yoshli Nuriddin ota hikoyasi
20:46 / 18.04.2025