Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining «2022 yilda turizm va madaniy meros obektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning «2022–2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yilda turizm va madaniy meros obektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi.
61 ta loyiha turizm obektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, madaniy meros obektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va obodonlashtirish hamda madaniy-ko‘ngilochar infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
2022 yilda ushbu maqsadlar uchun 262,8 mlrd so‘m ajratiladi. Xususan: turizm xizmatlari sohasiga – 29,4 mlrd so‘m; quyidagilarni rivojlantirish va obodonlashtirishga:
- madaniy meros obektlarini – 117,3 mlrd so‘m;
- muzeylarni – 43 mlrd so‘m;
- turizm sohasidagi ta’lim muassasalarini – 73,1 mlrd so‘m.
Ikki oy muddatda 2022 yilda yangidan boshlanadigan loyihalar bo‘yicha tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari asosida tender hujjatlari ekspertizadan o‘tkaziladi, xarid qilish tartib-taomillari yakunlanadi va tender g‘oliblari bilan pudrat shartnomalari tuziladi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025