Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura Nukusda hamshiralar uylarni oqlashga jalb qilingani yuzasidan tekshiruv boshladi
Bir necha kun oldin Kun.uz saytida Nukusda hamshiralar uylarni oqlash ishlariga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Unda Oilaviy poliklinika hamshiralari sovuq va namgarchilikda aholi uylarini oqlashga majburlangani aytilgandi.
Qoraqalpog‘iston SSV Kun.uz savoliga javoban hamshiralar devor oqlashga emas, aholiga “uyini oqlash bo‘yicha tavsiyalar berish”ga chiqarilganini ma’lum qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, vaziyat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tegishli mutaxassislar bilan birgalikda tekshirish ishlari o‘tkazilmoqda.
Qoraqalpog‘iston prokuraturasi holat to‘liq o‘rganilib, natijasi haqida batafsil ma’lumot berilishini qo‘shimcha qilgan.
Bundan oldin ushbu voqea ortidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston mehnat vazirligi ham o‘z tekshiruvlarini boshlaganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
15:23 / 07.05.2025
«Oilaviy shifokorlar 1500, hamshiralar esa 600–800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz» - prezident
07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi
19:59 / 05.04.2025