Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dollarning rasmiy kursi ketma-ket yetti kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi
Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 62,40 so‘mga pastlab, 11 509,59 so‘mni tashkil qildi. Yevro 66,68 so‘mga pastlab, 12 726,15 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,83 so‘mga ko‘tarilib, 113,39 so‘m bo‘ldi.

17 mart kuni dollarning rasmiy kursi 241,61 so‘mga ko‘tarilib, 11 571,99 so‘mni tashkil qilgandi. Tijorat banklarida 17 mart kuni dollar kursi 11 630 so‘mgacha ko‘tarildi, 18 mart kuni esa 11 560 so‘mgacha pasaydi.
Ma’lumot uchun, yil boshidan beri so‘m AQSh dollariga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi. Shu munosabat bilan Markaziy bank ichki valuta bozoridagi intervensiya hajmini oshirdi.
Mavzuga oid
21:49 / 19.05.2025
So‘nggi bir haftada dollar 100 so‘mga qimmatlab, keyin 122 so‘mga arzonlashdi
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025