O‘zbekiston | 10:50 / 18.03.2022
7611
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida avtomashinalar ustiga daraxt quladi

Daraxt qulashi oqibatida 6 ta avtomashinaga shikast yetgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, bugun 18 mart kuni soat 07:22 larda Uchtepa tumani Chilonzor 23-mavze 31-uy oldida daraxt avtomashinalar ustiga qulaganligi bo‘yicha Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

“Voqea joyiga zudlik bilan 1 ta qutqaruv ekipaji yetib borgan. Daraxt qulashi natijasida 6 ta (KIA, Gentra, Nexia-3, Damas, Cobalt, Niva) yengil avtomobil shikastlangan. Hozirda yuzaga kelgan vaziyat oqibatlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmaslikni so‘rab qoladi”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq, Mirobod tumanida joylashgan avtoturargohdagi haydovchisiz Sobalt avtomobili pastlikka harakatlanib, atrofdan oqib o‘tgan Salar kanaliga tushib ketganligi xabar qilingan edi.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid