Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Ukrainada tinch aholi orasidagi qurbonlar soni 800dan oshganini xabar qildi. Haqiqiy raqamlar bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin
Ukrainada urush boshlanganidan buyon tinch aholi vakillaridan kamida 847 kishi halok bo‘lgan, 1399 kishi yaralangan. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining boshqarmasi ma’lum qildi.
Bu o‘limlar va yaralanish holatlarining aksari og‘ir artilleriya, baravar o‘t ochish tizimlari qo‘llanishi, shaharlarga raketalar uchirilishi va aviazarbalar berilishi oqibatida sodir bo‘lgan.
BMT haqiqiy raqamlar «ancha ko‘p bo‘lishi mumkinligi»ni qayd etgan. Harbiy harakatlar davom etayotgan Mariupol, Volnovaxa, Izyum kabi shaharlardan so‘nggi ma’lumotlar kelishi kechikmoqda.
Rossiya harbiylari tomonidan bir necha haftadan buyon qamalda bo‘lgan Mariupol shahri doimiy ravishda o‘qqa tutib kelinmoqda. Mahalliy rasmiylar 13 mart kuni qurbonlar soni 2300dan oshiq ekanini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
11:28 / 22.05.2025
Bastrikin Mariupolni blokadada bo‘lgan Leningrad bilan taqqosladi
13:43 / 22.03.2025
Ukrainada halok bo‘lgani tasdiqlangan rossiyalik harbiylar soni 100 mingga yaqinlashdi
20:42 / 25.02.2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi? To‘rt asosiy savol va ularga javoblar
14:30 / 22.10.2024