Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 avgustdan tuman darajasidagi 10 ta davlat idorasiga Yuridik markazlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi
“Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatiladi:
- mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
- qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
- turizm va madaniy meros bo‘limi;
- sportni rivojlantirish bo‘limi;
- oila va xotin-qizlar bo‘limi;
- davlat soliq inspeksiyasi;
- aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
- davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
2022 yil 1 maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” tashkil qilinadi.
2022 yil 1 dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025