Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Facebook va Instagram faoliyati taqiqlandi
Rossiya bosh prokuraturasi ushbu tarmoqlarga egalik qiluvchi Meta kompaniyasini ekstremistik tashkilot deb topishni so‘rab sudga murojaat qilgandi.
Moskvaning Tver sudi Rossiyada Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini taqiqladi.
Ta’kidlanishicha, sud qarori darhol kuchga kiradi.
Avvalroq Rossiya bosh prokuraturasi ushbu tarmoqlarga egalik qiluvchi Meta kompaniyasini ekstremistik tashkilot deb topishni so‘rab sudga murojaat qilgandi.
Prokuraturaning qayd etishicha, Instagram yolg‘on ma’lumotlarni o‘chirib tashlash bo‘yicha 4,5 mingdan ortiq talabni bajarmagan.
Ma’lum qilinishicha, sud qarori Meta kompaniyasi egalik qiluvchi WhatsApp messenjeriga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bundan tashqari, kompaniya ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilmagan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025