O‘zbekiston | 14:42 / 22.03.2022
8285
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda hamshiralar uylarni oqlashga jalb qilingani yuzasidan ikkita rahbarga jazo tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Bir necha kun oldin Kun.uz saytida Nukusda hamshiralar uylarni oqlash ishlariga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Unda Nukus shahridagi 6-sonli oilaviy poliklinikaning 10 nafar hamshirasi sovuq va namgarchilikda aholi uylarini oqlashga majburlangani aytilgandi.

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va O‘zbekiston mehnat vazirligi tomonidan maxsus tekshiruv ishlari boshlangandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Nukus shahar 6-sonli oilaviy poliklinikaning bosh shifokori Z.Qurbonova hamda bosh shifokor o‘rinbosari M.Yesbergenova xodimlarni ishdan tashqari mehnatga jalb qilgani aniqlangan. Shuning uchun har ikkala rahbarga tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llandi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, yuqoridagi holatda majburiy mehnatga jalb qilish holatlari aniqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismida Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish nazarda tutilgan.

Mavzuga oid