Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada yonilg‘i quyish shoxobchalarini harbiylar qo‘riqlay boshladi
Kolombo chekkasidagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birida navbat talashish oqibatida yuz bergan janjalda bir mototsiklchi o‘ldirilgan.
Shri-Lankada yonilg‘i tanqisligi sababli yuzaga kelgan to‘qnashuvlardan so‘ng avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarini qo‘riqlash harbiylarga topshirildi. Bu haqda Channel News Asia xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 21 mart kuni yonilg‘i sotib olish imkoni yo‘qligidan norozi bo‘lgan olomon Kolombodagi gavjum ko‘chalardan birini bir necha soatga to‘sib qo‘ygan. Shundan so‘ng armiyaga yonilg‘i quyish shoxobchalarini qo‘riqlash topshirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, navbatlar oshishi barobarida noroziliklar kuchayib bormoqda, tartibsizliklarning oldini olish maqsadida harbiylarni politsiyaga yordam berish uchun yuborishga qaror qilingan.
Kolombo chekkasidagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birida navbat talashish oqibatida yuz bergan janjalda bir mototsiklchi o‘ldirilgan. O‘tgan shanbadan buyon kechasi bilan navbatda turgan uch nafar qariya vafot etgan.
Mamlakatda inqiroz pandemiya sababli turistlar oqimining kamayishi hamda xorijda ishlayotgan shri-lankaliklarning valuta jo‘natish hajmi qisqarganidan so‘ng boshlandi.
Mavzuga oid
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
11:33 / 24.02.2025
Shri-Lankada “advokat” sud zalida gumonlanuvchini otib tashladi
22:08 / 20.02.2025