Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada qog‘oz tanqisligi sababli gazetalar chop etilishi to‘xtashi mumkinligi ma’lum qilindi
O‘tgan yili Yevropa bozorida bir tonna gazeta qog‘ozi narxi 390 yevro bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 670 yevrogacha ko‘tarilgan.
Qog‘oz tanqisligi sababli yaqin haftalarda gazetalar chop etilishi to‘xtashi mumkin, dedi Finlandiya media ittifoqi ijrochi direktori Yukka Xolmberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu muammo talab va taklifning nomutanosibligi, UPM korxonasi ishchilarining ish tashlashi va Ukrainadagi urush natijasida paydo bo‘ldi.
UPM korxonasi ish tashlaguniga qadar fin gazetalarining 20 foizga yaqini Rossiyada ishlab chiqarilgan qog‘ozda chop etilgan. Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng Rossiyadan qog‘oz import qilish to‘xtagan.
O‘tgan yili Yevropa bozorida bir tonna gazeta qog‘ozi narxi 390 yevro bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 670 yevrogacha ko‘tarilgan.
Ayni paytda Finlandiyada gazeta qog‘ozi Yamsyankoski shahridagi UPM korxonasida ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
01:36 / 19.05.2025
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
21:39 / 28.04.2025