Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning bayonotidan so‘ng Yevropada gaz narxi 20 foizga ko‘tarildi
Neft narxi ham 4,3 foizga oshgan.
Putinning Rossiya «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar bilan gaz uchun hisob-kitobni rublda amalga oshirishini e’lon qilganidan so‘ng Yevropada gaz narxi keskin oshdi, deb xabar berdi «Forbs».
Xabarda aytilishicha, ming kub metr gaz narxi 1353 dollargacha yoki 1 Mvt-s uchun 118 yevrogacha ko‘tarilgan. Bu 22 mart kungi narxdan 20 foizga ortiq.
Qayd etilishicha, Rossiya prezidentining bayonotidan so‘ng narx 10 daqiqa ichida 10 yevroga oshgan.
Keyinroq narx 116,4 yevroga tushgan.
Brent rusumidagi neft narxi ham ko‘tarilgan. May fyuchersi uchun bir barrel neft narxi 4,3 foizga oshib, 120,5 dollarni tashkil etgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarga gaz rublda sotilishini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «hisob-kitoblarda o‘zini oqlamagan barcha valutalardan foydalanishdan voz kechadi».