Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada turoperatorlar Visa va Mastercard uchun O‘zbekistonga turlarni taklif qila boshladi
6 mart kuni Visa va Mastercard Rossiyadagi barcha operatsiyalarni to‘xtatganini e’lon qildi. Endilikda mahalliy turoperatorlar rossiyaliklar ushbu kartalarni O‘zbekistonda ochishlari uchun maxsus turlarni taklif qilmoqda. Bu qanchalik qonuniy va mamlakat valuta bozoriga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum.
Rossiya OAVning yozishicha, mamlakat ichida turoperatorlar Visa va Mastercard kartalarini rasmiylashtirish uchun Toshkentga reyslarni taklif qila boshlagan. Yekaterinburg, Moskva, Qozon, Ufa va Mineralniye Vodi shaharlaridan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Express samolyotlarida parvozlar rejalashtirilgan.
«Vedi Grupp» ma’lumotlariga ko‘ra, bu Rossiya fuqarolariga «xorijda tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda naqd pulsiz to‘lovlardan erkin foydalanish» imkonini beradi. Karta olish uchun faqat xorijga chiqish pasporti kerak. Bonus - konvertatsiya qilish uchun kartaga bog‘langan rubldagi hisobraqamni ochish.
Toshkentga sayohat narxi ikki kechaga ikki kishilik joydan kelib chiqqan holda bir kishi uchun 23 000 rubl yoki 220 AQSh dollarini tashkil etadi. Tashrif buyurish sanasi 4 apreldan 23 oktyabrgacha ochiq bo‘lib, bu muddat ichidagi istalgan vaqtni tanlash mumkin.
Narxga quyidagilar kiradi: transport xizmati (aeroport-mehmonxona-aeroport, mehmonxona-bank-mehmonxona), to‘rt yulduzli mehmonxonada joylashish, bankka tashrif buyurishda kompaniya vakili hamrohlik qilishi, bankka hujjatlarni oldindan tayyorlash, kurerlik xizmatlari, 2 million rublgacha bo‘lgan tibbiy sug‘urta.
Shu bilan birga, 700 rubllik (taxminan 7 dollar) tibbiy sug‘urta, ekskursiyalar va aviachiptaga alohida to‘lanadi. Yekaterinburgdan parvoz - 47 000 rublga (450 dollar), Moskva - 28 000 rubl (270 dollar), Mineralniye Vodi - 42 100 rubl (400 dollar), Ufa - 43 100 rubl (415 dollar), Qozondan - 42 840 rublga tushadi.
Shu tariqa, agar rossiyalik Yekaterinburgdan shunday turga jo‘nab ketsa, bitta bank kartasi kamida 70 000 rublga (670 dollar yoki 7,7 million so‘m) tushadi.
6 mart kuni Visa va Mastercard Rossiyadagi barcha operatsiyalarni to‘xtatganini e’lon qildi. Rossiyada chiqarilgan ushbu to‘lov tizimlarining kartalari bilan barcha operatsiyalar endi mamlakatdan tashqarida amalga oshirilmaydi. Shu bilan birga, bunday qaror mamlakat ichidagi kartalar ishiga ta’sir qilmaydi.
Bu qanchalik qonuniy ekani va mamlakat valuta bozoriga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025